NamMTI talabalari badminton bo‘yicha viloyat chempioni bo‘lib, Respublika finaliga yo‘l olishdi!

Davlatobod sport maktabida Namangan viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida «Universiada-2025» doirasida badminton sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Viloyatning eng iqtidorli sportchilari ishtirok etgan ushbu musobaqada NamMTI vakillari yuqori natija ko‘rsatib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Institutimizning 3R-22 guruhidan Akbaraliyev A. hamda 11R-22 guruhidan Karimov Mirabbos o‘g‘il bolalar juftlik bahsida o‘z mahoratlari va jamoaviy uyg‘unliklarini namoyish etib, Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bu g‘alaba talabalarimizning sport sohasidagi iqtidorlarini yana bir bor isbotlab, institutimiz sha’nini munosib himoya qilishayotganini ko‘rsatdi. Endi ularni Respublika final bosqichida yanada qizg‘in va mas’uliyatli bahslar kutmoqda.

Chempionlarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga final bosqichda omad tilaymiz!