Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalar va institut rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida “Rektor va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori v.v.b Professor Ergashev Oybek Karimovich ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy suhbat qurdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim jarayoni, infratuzilmani rivojlantirish, talabalar hayotini yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi. Professor Oybek Ergashev talabalarning savollariga javob berar ekan, ularning taklif va istaklariga katta e’tibor qaratilishini ta’kidladi. Shuningdek, talabalarning rivojlanishi, ta’lim sifatini oshirish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv talabalar va rahbariyat o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, institut hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.