Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyo-texnologiya fakulteti tuytorlari tashabbusi bilan Namangan shahridagi Adiblar xiyoboniga uyushtirilgan sayohat talabalar uchun o‘zgacha bir tajriba bo‘ldi. Bu safar nafaqat adiblarning boy merosini o‘rganish, balki tarixiy shaxslarning hayoti va asarlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
Talabalar Adiblar xiyobonida sayohat qilib, adabiyotimizning yirik namoyandalari haqida yangi bilimlar olishdi va ularning o‘tmishdagi izlarini chuqurroq tushunishga harakat qildilar.
Ushbu sayohat talabalarga nafaqat bilimlarni boyitish, balki milliy madaniyatga nisbatan hurmat va mehrni oshirishga xizmat qildi. Talabalar bunday madaniy tadbirlarning davom ettirilishi zarurligini ta’kidlab, o‘zlarining fikrlarini bildirdilar.