
Kimyo-texnologiya fakulteti a’zolari 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Ushbu tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun zarur choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi. Xususan, talabalar uchun qulay yashash muhitini ta’minlash maqsadida isitish tizimlari, ichimlik suvi va boshqa zarur infratuzilma holati ko‘rib chiqildi.

Tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli rejalar tuzildi. Bunday uchrashuvlar talabalar hayotini yengillashtirish va ularning o‘qish jarayonida samaradorlikni oshirish maqsadida davom ettiriladi.