
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyo-texnologiya fakulteti talabalari institut vakillariga alohida ehtirom ko‘rsatdilar.

Talabalar tomonidan bayramni nishonlash doirasida institut faollari tabriklandi, ularga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab, estalik sovg‘alari va tabriknomalar topshirildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, bu esa talaba-yoshlarning Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

Bayram barchaga iliq kayfiyat va birlashuv tuyg‘usini hadya qildi. Fakultet talabalarining tashabbusi esa yoshlarning mas’uliyatni his etib, ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga bo‘lgan intilishini aks ettirdi.