
«14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b. Oybek Ergashev boshchiligida kimyo-texnologiya fakulteti jamoasi ishtirokida xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida mustaqillik yillarida xizmat vazifasini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan marhum oddiy askar Solijon Shoabdullayevning oilasiga tashrif buyurilib, yaqinlarining holidan xabar olindi. O‘tganlarning haqiga duo qilindi.

Institut vakillari tomonidan bunday yodgorlik tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tashabbuslar Vatanga sadoqat, o‘z burchiga mas’uliyat hissini shakllantirishga qaratilgan muhim qadriyatlarning ifodasidir.
Vatan himoyachilari kuni barchamizga muborak bo‘lsin!