
Prezidentimizning ilm-fanni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborlari natijasida oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning ilmiy salohiyati ham sezilarli darajada yuksalmoqda. Bugun bu sa’y-harakatlarning samaralarini ko‘rib, Ma’rifatoy Xayitboyevaning muvaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi orqali bu boradagi yutuqlarni yana bir bor e’tirof etish mumkin.

Ma’rifatoy Xayitboyeva o‘z ilmiy faoliyati davomida institut qoshidagi akademik litseyda ham samarali faoliyat olib borgan. Uning ilmiy izlanishlari atrof-muhit muhofazasi va ekologik barqarorlikka qaratilgani zamon talablariga hamohang bo‘lib, kelajak avlod uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu yutuq yil nomiga hamohang bo‘lgan holda, ilm-fan va ta’lim tizimining birlashib, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining yorqin namunasidir. Ma’rifatoy Xayitboyevani ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz!