14-yanvar, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti Muhandislik-texnologiya fakulteti a’zolari tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Fakultet a’zolari Namangan viloyati To‘raqorg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Xodjayev Hamidhon bilan uchrashdilar. Hamidhon aka 1984-1986 yillarda Afg‘on urushida vatanimiz sha’ni uchun xizmat qilgan va jang maydonlarida jasorat ko‘rsatgan urush qatnashchisi hisoblanadi.
Uchrashuv davomida fakultet jamoasi Hamidhon akaga samimiy minnatdorchilik izhor etib, uning o‘tmishdagi mardona xizmatlarini qadrlashdi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanga muhabbat va vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xodjayev Hamidhon kabi mard qahramonlarimizning hayoti va xizmatlari esa har birimiz uchun jasorat va fidoyilik namunasi bo‘lib qoladi.