Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutining 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida psixologik trening o‘tkazildi.
Institut psixologi Azizbek Fayzullayev tomonidan interaktiv uslubda olib borilgan psixologik trening orqali talabalarda bir jamoa bo‘lib ishlash, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish, intellektual fikrlash qobilyatini rivojlantirish, ijobiy natijaga erishish uchun matonat bilan harakat qilish, stresni yengish uslublari kabi tushunchalarni shakllanishiga amaliy ko‘maklashildi.
Psixologik trening so‘ngida o‘tkazilgan “Bunyodkorlik mahorati” nomli antistres o‘yini talabalarga takrorlanmas taasurot, yuqori pozitiv atmosferani taqdim etdi.