NamMTIda ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar: Talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish

Bugun, 2025-yil 9-yanvar kuni Namangan Muhandislik-Texnologiya Institutida muhim ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oliy matematika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda fizika-matematika fanlari nomzodi, kosmonavt A.A. Leonov nomidagi Rossiya Federal Texnologiya Universiteti Ilmiy loyihalar rahbari Eshanov Alisher Alimdjanovich ishtirok etdi.

Seminar davomida talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish, zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi talaba yoshlarni ilmiy loyihalar bilan yaqindan tanishtirish va ularga innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda ko‘mak berishdir.

Eshanov Alisher Alimdjanovich talabalar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ilmiy izlanishlarning ahamiyati, global miqyosdagi hamkorlikning afzalliklari va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Uchrashuv talabalarga yangi motivatsiya va g‘oya manbai bo‘ldi.

Kelgusida bu kabi tadbirlar NamMTIda muntazam tashkil etilib, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Translate »