
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b professor Oybek Ergashev talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning turmush sharoitlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida talabalarning turli muammolari, jumladan, yashash sharoitlari va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar atroflicha tinglanib, muhokama qilindi. Ularning ehtiyojlarini qondirish hamda ijara xonadonlaridagi qulayliklarni oshirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Mazkur tashrif institut rahbariyatining talabalar turmush darajasini yaxshilashga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvini yana bir bor ko‘rsatdi. Talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yo‘lida ishlanmalar davom ettiriladi.