Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti birinchi prorektori Ma’rufjon Qayumov va institut rektorining ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mamatxon Xodjayev 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, qishki ta’tilni yakunlab qaytgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida rahbariyat talabalar bilan ochiq muloqot qildi. Ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari va ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga oid savol va takliflar tinglandi. Talabalarga yangi o‘quv yilining ikkinchi yarmida muvaffaqiyatlar tilanib, ularga institut tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur sharoitlar yaratishda davom etilishi ta’kidlandi.
Turar joyda mavjud sharoitlar, tartib-intizom va xavfsizlik masalalari ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu tashrif talabalar va rahbariyat o‘rtasida iliq muloqot o‘rnatishga xizmat qilib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.