
Bugun fakultet dekanlari va kafedra mudirlari uchun qishki semestr yakuniy baholashlariga tayyorgarlikni samarali tashkil etish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅ Yakuniy baholashlarni o‘tkazishning metodik jihatlari;
✅ Hemis tizimiga baholarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qayd etish tartibi;
✅ Hujjatlarni yuritish tizimidagi yangiliklar va ularni tatbiq etish yo‘nalishlari.

Seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar oldilar. Ushbu trening, ta’lim sifatini oshirish va jarayonlarni modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.