Namangan muhandislik-texnologiya instituti avtomatika-energetika fakulteti mas’ullari qishki ta’tildan qaytib kelgan talabalar holidan xabar oldilar. Bu jarayon davomida 1-sonli talabalar turar joyining tayyorgarlik holati, yashash sharoitlari, issiqlik tizimi va boshqa zarur ijtimoiy xizmatlar yaqindan o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan muloqot chog‘ida TTJning ichki tartib qoidalari yana bir bor tushuntirilib, tozalikka va tartibga doimiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Fakultet mas’ullari talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash borasida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqdalar.
Talabalar turar joylarida o‘rganish va monitoring ishlari muntazam ravishda olib boriladi.