
Ushbu safar talabalarga nafaqat dam olish, balki buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ulkan ilhom olish imkonini berdi.

Sayohat davomida talabalar Registon majmuasi, Shohi Zinda maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa ko‘plab tarixiy maskanlarga tashrif buyurishdi. Ushbu qadimiy obidalarning go‘zalligi va ulug‘vorligi barcha ishtirokchilarni hayratga soldi.

Talabalar tarixiy joylarda suratga tushib, o‘z taassurotlarini bo‘lishdilar va bir-birlari bilan unutilmas damlarni o‘tkazdilar. Ushbu safar ularga nafaqat ko‘ngilochar, balki ma’rifiy jihatdan ham katta foyda keltirdi.