Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b professor Oybek Ergashev tomonidan institutga qabul qilingan 1-bosqich doktorant, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilar uchun navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir ilmiy izlanishlarning boshlanishi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Professor Oybek Ergashev o‘z nutqida ishtirokchilarni tadqiqot davrining rasmiy boshlanishi bilan samimiy tabriklab, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish yo‘lida ulkan marralarni zabt etishlariga tilak bildirdi. Uchrashuv davomida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, doktorantlar va tadqiqotchilar uchun muhim masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil va atroflicha javob olishdi. Uchrashuvni iliq va konstruktiv muhitda o‘tishi ishtirokchilarda yangi g‘oyalarga ilhom bag‘ishladi hamda kelgusi izlanishlari uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Mazkur uchrashuv institutimizda ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Endilikda doktorant va tadqiqotchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib, milliy va xalqaro ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonamiz.