Muhandislik-texnologiya fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish va ichki turizmni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida go‘zal Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida talabalar tarixiy va madaniy meroslarimiz bilan yaqindan tanishib, Xiva shahri va uning durdonalari – Ichon-Qal’a, Ko‘hna Ark, va boshqa qadamjolarni ziyorat qilishdi.
Mazkur tashrif nafaqat bilim va taassurotlarni boyitdi, balki do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamladi. Har bir talabaga bu unutilmas sayohat yurtimiz go‘zalliklarini o‘rganish va qadrlash imkonini berdi.