
Tadbirda institut rektori v.v.b. Oybek Ergashev va institut prorektorlari ham ishtirok etib, talabalar bilan yaqin muloqotda bo’lib, ularga yangi yilni quvonch bilan kutib olishlarini tiladilar.

Yangi yil dasturxonida talabalar o’rtasida mehr-muhabbat va do’stlikni mustahkamlash, madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari birgalikda ko’plab qiziqarli va yodda qolarli daqiqalarni o’tkazishdi.