
Avtomatika va energetika fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport musobaqasi jamoaviy ruhni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hamkasblar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan bo‘ldi.

O‘yinda barcha ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, murosasiz va qiziqarli kurash ko‘rsatishdi. Bellashuv samimiy muhitda o‘tib, hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Bunday tadbirlar kelgusida ham davom etadi va jamoamizni yanada birlashtiradi!