Yangi yil arafasida Iqtisodiyot fakulteti talabalari va ustozlari boshchiligida Porloq MFYda yashovchi nogironligi bo‘lgan yoshlardan xabar olindi. Ularning holidan xabar olish, ularga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan «Saxovat karvoni» davomida ehtiyojmand oilalarga yordam yetkazildi.
Bunday xayriya ishlari nafaqat yordamga muhtoj insonlarni quvontiradi, balki jamiyatimizda mehr-oqibat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Iqtisodiyot fakulteti jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlar yana davom etishi rejalashtirilgan. Har bir ezgu amal yangi yilni yanada yorqin qilishga hissa qo‘shadi.