Ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi xayrli tashabbus

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori v.v.b, professor Oybek Ergashev tashabbusi bilan ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi navbatdagi xayrli ish amalga oshirildi. U Davlatobod tumani, Orzu mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi.

Uchrashuv davomida yurtdoshlarning turmush sharoitlari, ehtiyojlari va muammolari o‘rganilib, zarur yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zaruriy yordam ko‘rsatilgan holda, ularning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari uchun qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. O’z navbatida yurtdoshlarimiz yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini so’rab duoga qo’l ochdilar.

Bu kabi insonparvarlik tashabbuslari Namangan muhandislik-texnologiya institutining jamiyat bilan mustahkam aloqalarini namoyon etib, aholiga bevosita yordam ko‘rsatish yo‘nalishida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Translate »