Joriy yilning 24-noyabr – 8-dekabr kunlari Akademik mobillik dasturlari doirasida Rossiyaning Pskov davlat universitetida tashkil etiladigan 2 haftalik qishki maktabda ishtirok etish uchun Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh talabalari yo‘lga otlanmoqda.
Ushbu safar oldidan institut rektori v.b professor, Oybek Ergashev talabalar bilan uchrashib, ularga muvaffaqiyat va omad tiladi. Uchrashuvda akademik mobillikning ahamiyati, xalqaro tajriba va aloqalarning kelajakdagi manfaatlari haqida fikr almashildi.
Talabalar ushbu imkoniyat orqali Rossiyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Pskov davlat universitetida bilimlarini boyitish, muhandislik tizimlari va muhandislik maktabi faoliyatini yaqindan o‘rganish, yangi tajribalar orttirish va do‘stona xalqaro munosabatlarni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Biz talabalarimizning safarlari muvaffaqiyatli o‘tishini tilaymiz va ularning institutimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz!
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati