Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillarining Qirg‘iz-Turkiya Manas universitetidagi ilmiy stajirovkasi boshlandi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirzohid Bekmirzayev boshchiligida, ilmiy stajirovka o‘tay olish uchun Qirg‘izistonning Qirg‘iz-Turkiya Manas universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif, institutimiz va Qirg‘iziston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi.

Ilmiy stajirovka jarayonlari boshlandi, va bu tashrif kelgusidagi hamkorlik loyihalari, akademik almashinuvlar va innovatsion ishlanmalar ustida birgalikda ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Olingan bilim va tajribalar, ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytiradi va ilmiy sohada yangi yutuqlarga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Ushbu stajirovka Joriy yilning 16–17-iyul kunlarida Samarqand shahrida o‘tkazilgan II O‘zbekiston–Qirg‘iziston rektorlari forumi doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Qirg‘iziston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomalar asosida amalga oshirilmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »