Namangan muhandislik-texnologiya instituti “InnoWeek 2024” – Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida o‘zining eng ilg‘or ilmiy va innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida institutimizning innovatsion yutuqlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov institutimiz pavilyoniga tashrif buyurib, olimlarimiz tomonidan yaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Oybek Ergashev vazirga institutning mazkur ko‘rgazmadagi ishtiroki va amalga oshirilayotgan ishlanmalar bo‘yicha taqdimot qildi.
Institutimiz xalqaro darajadagi innovatsion platformalarda faol ishtirok etib, ilm-fan va texnologiya sohasida yetakchi bo‘lib kelmoqda.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati