“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar va huquq-tartibot organlari vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir korrupsiya va uning jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlariga qarshi kurashish borasida keng qamrovli ma’lumot va tushunchalarni yetkazish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar korrupsiyaning oldini olish, unga aralashib qolish xavfi, shuningdek, qonunlarga rioya qilish madaniyati haqidagi masalalar bo‘yicha bilimlarini oshirdilar. Tadbirda huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan korrupsiya haqida ko‘plab real hayotiy misollar keltirildi. Bu orqali talabalarga korrupsiyaning yurt ravnaqiga qanday putur yetkazishi va uni bartaraf etishdagi yoshlarning o‘rni naqadar muhim ekanligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan qimmatli tavsiya va maslahatlarni olishdi va korrupsiyaga qarshi kurashda qat’iy pozitsiya egallashlarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimini oshirishda hamda ularni korrupsiyaga qarshi faol kurashchiga aylantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati