Namangan muhandislik-texnologiya institutida ilmiy izlanish yo‘lidagi muhim imtihonlar boshlandi

2024-yil 12-noyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya institutida tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik dasturlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtihonlar boshlandi. Ushbu imtihonlar kelajakdagi olim va izlanuvchilar uchun muhim qadam bo‘lib, ilmiy yutuqlarga yetaklaydigan yo‘lda dastlabki sinovlardan biridir.

         Ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, shuningdek, bu imtihonlarning ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, rektor talabgorlarga imtihonlarda muvaffaqiyat va ilmiy izlanishlarida zafarlar tilab, ilmiy yo‘nalishda davomiylik va bardavomlikka undadi.

         Institut rahbariyati tomonidan imtihonlarning adolatli baholanishi va xolislikni ta’minlash uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratildi. Bu jarayonlar talabgorlarning qobiliyat va bilimlarini to‘liq ochib berish uchun qulay muhitda o‘tkazilmoqda.

Translate »