Ilmiy izlanish yo‘lidagi muhim imtihonlar boshlandi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik dasturlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan imtihonlar boshlandi. Ushbu imtihonlar kelajakdagi olim va izlanuvchilar uchun muhim qadam bo‘lib, ilmiy yutuqlarga yetaklaydigan yo‘lda dastlabki sinovlardan biridir.

Ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, shuningdek, bu imtihonlarning ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, rektor talabgorlarga imtihonlarda muvaffaqiyat va ilmiy izlanishlarida zafarlar tilab, ilmiy yo‘nalishda davomiylik va bardavomlikka undadi.

Institut rahbariyati tomonidan imtihonlarning adolatli baholanishi va xolislikni ta’minlash uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratildi. Bu jarayonlar talabgorlarning qobiliyat va bilimlarini to‘liq ochib berish uchun qulay muhitda o‘tkazilmoqda.

Ushbu imtihonlar nafaqat oliy ta’lim tizimidagi muhim bosqich, balki ilmiy taraqqiyotga yangi izlanishlar bilan ulush qo‘shish uchun imkoniyatdir. Institutimizning kelajakda yurtimiz ilm-faniga hissa qo‘shuvchi yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

Barcha bo‘lajak olim va tadqiqotchilarga ilmiy yutuqlar sari dadil qadamlar tashlashlarini tilab, ularga omad va zafarlar tilaymiz!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »