Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ishtirok etdi

Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilindi.

Hay’at yig‘ilishidan so‘ng institut rektori va tashabbuskor talabalar jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining biologik xilma-xillikni yanada boyitish hamda insonlarning qulay ekologik muhitda xavfsiz yashashini taʼminlash maqsadida “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekdilar.

✅Institut rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar va ularning kelajakdagi samarasi haqida O‘zbekiton 24 telekanaliga intervyu berdi

📎Mazkur loyihada ishtirok etish nafaqat ekologik ongni oshirish, balki institutimiz talabalarining kelajakda ekologik masʼuliyatli mutaxassislar boʻlib yetishishiga xizmat qiluvchi muhim qadamdir.

Translate »