2024 yil 08 noyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya instituti Iqtisodiyot fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim jihatlari hamda unga qarshi samarali choralar haqida ma’lumotlar berdilar. Davra suhbatida talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari va uni oldini olishdagi har bir fuqaroning mas’uliyati haqida tushuncha berildi. Suhbat ochiq va interaktiv tarzda o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr va savollari bilan ishtirok etishdi. Bu kabi tadbirlar institutda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.