11-noyabr – Kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Ushbu musobaqa o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va institut xodimlari orasida yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. Futbol maydonida institut jamoalari o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy birdamliklarini namoyish etdilar.
Musobaqa bayramona kayfiyatda o‘tib, barcha ishtirokchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik va zavq bag‘ishladi. Kasaba uyushmalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan bu tadbir institut professor-o‘qituvchilari uchun unutilmas voqeaga aylandi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati