Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangi istiqbollarni muhokama qilish maqsadida rahbar, professor-o‘qituvchilar va innovator yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahat G‘affarov ham ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari birlashib, ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va ta’lim sifatini oshirish borasida fikr almashdilar.
Uchrashuvda, ta’lim tizimi va ilm-fan sohasidagi yangi yo‘nalishlar, innovatsion loyihalar va yoshlarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Abdulahat G‘affarov o‘z so‘zida, yoshlarning ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalar bilan ta’lim tizimini yangilashdagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuvda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy loyihalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Bu kabi uchrashuvlar ilm-fan va ta’lim tizimida yangiliklar yaratish, innovatsiyalarni hayotga tadbiq etish va yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Uchrashuvdan so‘ng, universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirishga doir kelishuvlar ham amalga oshirildi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish borasida o‘z tashabbuslarini davom ettirishni maqsad qilgan.
Ushbu tadbir, albatta, ilm-fan va ta’lim sohasida yangi yutuqlarga erishish, yoshlarning innovatsion fikrlash tarzini rivojlantirish, hamda ilmiy faoliyatga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati