2024 yil 06-noyabr kunisi 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Antikorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida maxsus davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar. Suhbat davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– Korrupsiyaning ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatidagi mohiyati va sabablari;
– Jamiyatda korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik va uning ijrosi;
– Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki hujjatlar va ularning ahamiyati;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro amaliyot tajribalari.
Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlariga e’tibor qaratilib, uning oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi. Davlatobod tuman adliya bo‘limi vakili ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, bu borada keng tushuncha berdi va savollarga javob berdi. Mazkur davra suhbati ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot va tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.