Kuz fasli – goʻyo rassomga oʻxshaydi. Bu fasl zaminimizga yorqin ranglar bilan bezak beradi. Dov-daraxtlar, oʻt-oʻlanlarning sariq, och yashil, qizil, olovrang tusi bir-biriga uygʻunlashib, ajoyib kompozitsiya hosil qiladi. Bu goʻzallik beixtiyor qalblarimizga ham singadi. Kundalik tashvishlardan chekinib, yoqimli his-tuygʻularga erk beramiz.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati