








Unda institutning akademik va ilmiy faoliyatini takomillashtirish, talabalarning ilmiy izlanishlari va professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Institut rahbariyati, fakultet dekanlari va yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan yig‘ilishda, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha yangi takliflar bildirildi.
Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish»ga qaratilgan farmonlari ijrosi, talabalarning yetakchi korxonalar bilan hamkorlikdagi tajribaviy amaliyotlarini kengaytirish hamda kadrlar tayyorlashning xalqaro standartlariga muvofiqligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ilmiy-pedagogik kadrlarning malakasini oshirish, magistratura va doktorantura dissertatsiyalarining mavzularini dolzarb yo‘nalishlar bilan uyg‘unlashtirish, tadqiqot faoliyatini modernizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ilmiy Kengash yig‘ilishida institutning rivojlanish strategiyasiga muvofiq qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun motivatsion rag‘batlantirish tizimini joriy etish, ilmiy maqolalar chop etishni rag‘batlantirish hamda yangi innovatsion va ilmiy-loyihaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi rejalar ishlab chiqildi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati