2024 yil 14 oktyabr kunisi Avtomatika va energetika fakulteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” va “Yoshlar korrupsiyaga yo’q deydi” mavzularida ijodiy insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovning ochilish qismida NamMTI rektori maslahatchisi Mamatxon Xodjayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Muhammadjon Zokirjanovlar so’z olib, mazkur yo’nalishlardagi ishlarni keng targ’ib qilish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida talabalar o’z fikrlarini ijodiy ravishda ifoda etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda adolatni ta’minlash borasida o’z g’oyalarini taqdim etdilar. Tanlov yoshlar o’rtasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Kelgusida bunday tanlovlarni yanada kengaytirish va yoshlarning faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yoshlarimiz korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashib, kelajakni yanada porloq qilishda o’z hissalarini qo’shishlari muhimdir!