2024 yil 02 oktyabr kunisi tasdiqlangan jadvalga asosan joriy yilning
08 oktyabr kunisi Vazirlikning 2021 yil 28 iyun kungi 281 sonli “Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi bo‘yruqning 2-bandini 2-ilovasiga asosan Namangan muxandislik-texnologiya institutida Kimyo-texnologiya fakultetida ta’xsil olayotgan “Talaba-yoshlar” klubiga jalb etilgan talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Suhbat davomida yoshlarga korrupsion xolatlar va ulardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy xolatlar xaqida tegishli tushuntirish ishlari tashkil etib boriladi. Maqsad, yosh mutaxasislarni tayyorlashda ularni to‘g‘ri yo‘ldan borib ilm olishlari va ularni bu jarayonda korrupsiyadan chegaralash.
Suxbat davomida yoshlar kengashi faolllari ko‘magida institutdagi barcha talabalarni qamrab olish, ularni duyonqarashlarini mustaxkamlash jarayonida turli tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib borish kabi vazifalar borligi yetkazildi.
Shu maqsadda institutda talabalaridan tashkil topgan “Yoshlar klubini” tuzish taklifi berildi. Ushbu klubni maqsadi va vazifalari tushuntirib berildi. Asosiy maqsad, institutning barcha talabalarini ta’lim olishlarida ularni xar tomonlama saviyali va bilimli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari ekanligi tushuntirildi.
Shu bilan birga bugungi kunda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining institutdagi har qanday korrupsion holat to‘g‘risida xabar berish mumkin bo‘lgan ishonch telefoni va telegramdagi @nammti_kor botiga murojaat qilishlari yoki 99-517-76-75-ishonch telefoniga murojaat qilishliklari tushuntirildi.
Suxbat yakunida, kengash a’zolari bildirilgan fikrlar bo‘yicha o‘z qarashlarini va takliflarini bildirib o‘tdilar. Oliygoxni nufuzini oshirishda talabalarning xam o‘z o‘rni borligini va bu fikrlarni barcha fakultetlarda targ‘ib etishlarini ta’kidlab o‘tdilar. Uchrashuvda institut rektorining maslaxatchisi M.Xodjaev va KQKvaKN tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Zokirjonovlar ishtirok etdi.