2024-yil 07-oktabr kunisi Vazirlikning 2021 yil 28 iyun kungi 281 sonli “Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi bo‘yruqning 2-bandini 2-ilovasiga asosan Namangan muxandislik-texnologiya institutida Muhandislik-texnologiya fakultetida tahsil olayotgan “Talaba-yoshlar” klubiga jalb etilgan talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar uchun esa eng muhim yo‘nalishlardan biri, bu- ta’lim sohasidagi va ishga kirish bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya turlariga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda institutda taxsil olayotgan talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish nima ekanligi, bu borada mamlakatimizda, oliygohda olib borilayotgan ishlar, yoshlarda korrupsiya balosiga qarshi qatiy murosasizlik hissini shakllantirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga toqatsizlik, bilim olish jarayonida halollik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, universitetda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining korrupsiyaga qarshi siyosati(strategiyasi)”, “Odob axloq kodeksi”, “ Ichki tartib qoidalar” va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligidagi korrupsion jinoyatlar uchun tegishli moddalar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shu bilan birga bugungi kunda institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining institutdagi har qanday korrupsion holat to‘g‘risida xabar berish mumkin bo‘lgan ishonch telefoni va telegramdagi @nammti_kor botiga murojaat qilishlari yoki 99-517-76-75-ishonch telefoniga murojaat qilishliklari tushuntirildi.
Uchrashuvda institut rektorining maslaxatchisi M.Xodjaev va KQKvaKN tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Zokirjonovlar ishtirok etdi.