“Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida ijodiy foto-chellenj tashkil etildi.

2024 yil 03 oktyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya institutida talaba-yoshlar tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurash doirasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida ijodiy foto-chellenj tashkil etildi.

Ushbu foto-chellenj yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z fikr-mulohazalarini ifoda etish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va adolatli jamiyat uchun o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.

Har bir surat korrupsiyaning zararli ta’siriga e’tibor qaratib, yoshlarni halollik va shaffoflikka undaydi.

Translate »