NamMTI va Ankara Yildirim Beyazit universiteti o‘rtasida TIKA dasturi doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Turkiyaning nufuzli Ankara Yildirim Beyazit universiteti bilan TIKA dasturi doirasida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Ushbu kelishuv doirasida ikki tomonlama ilmiy loyihalarni amalga oshirish va turli sohalarda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, TIKA dasturi xalqaro turk tashkiloti bo‘lib, u ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, turizm va sanoat kabi ko‘plab sohalarda loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirishda muhim o‘rin tutadi. Rektor Odiljon Mamatkarimovning ishtiroki bilan tuzilgan bu hamkorlik, NamMTI va Ankara Yildirim Beyazit universiteti o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarda yangi imkoniyatlar yaratib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.

Translate »