Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Uchrashuvda partiyaning viloyat va shahar Kengashlari a’zolari, jamoatchilik vakillari hamda institut talabalari, xususan, saylovda ilk bor ishtirok etadigan yosh saylovchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida partiyaning kelgusi besh yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari va “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” g‘oyasi asosidagi ustuvor maqsadlar haqida ma’lumot berildi.
Partiya vakillari milliy qadriyatlar va madaniy merosni saqlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda jamiyat yuksalishiga qo‘shiladigan hissa haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ayniqsa, ilk bor ovoz beradigan yosh saylovchilarga saylovning ahamiyati, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishning muhimligi tushuntirildi.
Tadbir davomida yosh saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va partiyaning dasturlari haqida keng ma’lumot olishdi. Bu uchrashuv yoshlarda huquqiy ongni oshirish va kelajakdagi siyosiy jarayonlarda faollikni ta’minlashga xizmat qildi.