Ushbu musobaqada institutimizning barcha fakultetlaridan 20 dan ziyod jamoalar ishtirok etib, adiblar hayoti va boshqa qiziqarli mavzularda o’z bilimlarini ko’zdan kechirishdi. Jamoalar o’z bilim va fikrlash tezligini sinab, yuqori intellektual salohiyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqa intellektual salohiyatni rivojlantirish, bilimli yoshlarni rag’batlantirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar yuqori bilim darajasi va tezkor fikrlash qobiliyatlari bilan musobaqa jarayonida o’zlarini ko’rsatdilar.
Musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz. Kelgusidagi loyihalarda ham shunday yuqori faollik va muvaffaqiyatni kutib qolamiz.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati