Namangan muhandislik-texnologiya instituti Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi professori Ahmadjon Nasriddinov Belarus milliy texnika universitetida Lanshaft arxitektura fanidan talabalarga dars mashg‘ulotlarini o‘tmoqda. U yerda xalqaro stajirovka doirasida tajriba almashish jarayonida ishtirok etmoqda.
Professor Nasriddinov Lanshaft arxitektura fanida o‘zining nazariy bilimlari va amaliy tajribalarini belaruslik talabalarga yetkazmoqda. U darslarda ekologik muhitni saqlash, manzarali bog‘lar yaratish va zamonaviy ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim berib, talabalarga yangi yondashuvlarni o‘rgatmoqda.
Ushbu stajirovka ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Professor Nasriddinovning ishtiroki orqali NamMTI va Belarus milliy texnika universiteti o‘rtasida Lanshaft arxitekturasi sohasida yangi ilmiy va amaliy imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati