Ushbu kurslar talabalarga huquqiy bilimlar berish, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Dastlabki dars mashg‘uloti institutning Jismoniy tarbiya va Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Alixanov tomonidan olib borildi. Dars davomida inson huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida keng qamrovli tushuntirishlar berilib, talabalarga huquqiy savodxonlikning ahamiyati ta’kidlandi. Talabalar kurs davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.
Mazkur kurslar orqali institut talabalari inson huquqlarini chuqur o‘rganish bilan birga, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ham zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning kelajakdagi faoliyatida huquqiy masalalarda yetuk kadrlar sifatida shakllanishiga katta hissa qo‘shadi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati