Malayziya universitetlari bilan hamkorlik: NamMTI talabalariga global ta’lim eshiklari ochilmoqda

2024-yilning 17-sentyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida Malayziya Xalqaro islom iniversiteti Muhandislik fakulteti dekani doktor Xayrul A‘zami Siddiq bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida rektor O.Mamatkarimov Malayziya oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkamlangan ko‘p yillik hamkorliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 2019-yildan buyon NamMTI va Malayziya universitetlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan o‘zaro tajriba almashinuvi va ilmiy loyihalar muvaffaqiyatli davom etayotgani qayd etildi.

Bugungi kunga qadar Malayziya universitetlari bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Malayziya oliy ta’lim muassasalarida NamMTI talabalari yozgi va qishki maktablarda, shuningdek, amaliyot dasturlarida ishtirok etib kelmoqdalar. O‘z navbatida, NamMTI ham Malayziya professorlarini qabul qilib, ularning tajribalaridan foydalanmoqda. Ushbu hamkorlik ikki tomonlama ilmiy va texnik rivojlanishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda doktor Xayrul A‘zami Siddiq Malayziya universitetlari bilan ilmiy loyihalar va talabalar amaliyotini yanada rivojlantirish masalalarini qo‘llab-quvvatladi. Hamkorlik doirasidagi yangi rejalarga ko‘ra, talabalar uchun amaliyot dasturlari kengaytiriladi, yozgi va qishki maktablar yo‘lga qo‘yiladi, ilmiy-amaliy loyihalar ko‘lami oshiriladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »