Unda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ma’rufjon Qayumov hamda rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev ishtirok etishdi. Seminar asosan institutning Yoshlar bilan ishlashga mas’ul bo’lgan xodimlari, jumladan, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari va xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari uchun mo’ljallangan edi.
Seminar davomida talabalarning ma’naviy va ma’rifiy rivojlanishiga ko’maklashish maqsadida ishlash jarayonlarini qanday samarali tashkil etish borasida ko’rsatmalar berildi. Xodimlarga yoshlar bilan muntazam va yaqindan ishlash, ularning qiziqish va ehtiyojlariga ko’ra tadbirlar uyushtirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan yoshlarga oid dasturlarni yanada boyitish va ular uchun qiziqarli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.
Institut rahbariyati bu jarayonlarda xodimlarning faoliyati muhim ekanini qayd etib, yoshlar bilan ishlashda samaradorlikni oshirish uchun zamonaviy yondashuv va uslublarni qo‘llashni tavsiya etdi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni texnologik vositalar bilan boyitish, innovatsion g‘oyalarni joriy etish orqali talabalarning bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish zarurligi aytib o’tildi.
Ushbu seminar xodimlar uchun kelgusi faoliyatda aniq yo‘nalishlarni belgilab berish bilan birga, institutda talabalarning tarbiyaviy jarayonlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan amaliy tavsiyalarni taqdim etdi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati