Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Mamatkarimov institutning birinchi bosqich magistrlari bilan maxsus uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu tadbirning maqsadi magistrlar bilan ilmiy faoliyatlarini muhokama qilish va kelgusidagi rejalariga tegishli tavsiyalar berish edi.
Rektor uchrashuv davomida magistrlar uchun yaratilgan ilmiy salohiyat va resurslardan unumli foydalanish zarurligini ham alohida ta’kidladi. U ilmiy laboratoriyalar, kutubxona va ilmiy markazlar tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib, zamonaviy texnologiyalar yordamida tadqiqotlarni ilg‘or bosqichga olib chiqish lozimligini aytdi. Shu bilan birga, har bir magistrga ilmiy rahbarlar bilan faol ishlash va ularning tajribasidan o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Magistrlar o‘z navbatida, rektor bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish imkoniyatidan mamnun bo‘lishdi va institut tomonidan yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Ular o‘z tadqiqot yo‘nalishlari, dolzarb masalalar va duch kelayotgan qiyinchiliklar to‘g‘risida ochiq muloqot olib borishdi. Ushbu uchrashuv ular uchun katta motivatsiya manbai bo‘lganini va kelgusida ilmiy izlanishlarida yanada faol bo‘lishlarini ta’kidladilar.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati