Namangan muhandislik-texnologiya institutida institut ma’sullari tomonidan joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab institutning kirish joylarida barcha axborotlarni o‘z ichiga olgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etildi.
Ma’lumotlar markaziga institut yoshlar kengashi koordinatorlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarini volontyorlar sifatida jalb etgan holda muammolarni joyida hal etib, murojaatchilarning o‘quv jarayoni va yotoqxonalarga joylashish bo‘yicha savollariga to‘liq javob berish ishlarini amalga oshirgan holda ma’lumotlar markazi faoliyat yuritmoqda. Markazda 15 nafar volontyorlar tongi soat 8:00dan kechki 19:00ga qadar murojaatchilarning turli-hil savol va muammolariga
javob topishda amaliy yordam berishmoqda.
Talabalar turar joylari va ijara хоnаdоnlаrining kuz-qish mavsumiga tаууоr holatga keltirib, yong‘in xavfsizligi xodimlari ishtirokida binolarning yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbаlаrini soz holga keltirish choralari ko‘rildi.
Birlamchi yong‘inni o‘chirish dastgohlari va yong‘inning oldini olish qurilmalari qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, talabalarga institutga yaqin hududlardan aniqlangan ijara xonadonlarining egalari, manzili, telefon raqamlari va uy manzili geolokatsiyasi haqidagi aniq ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Ijara xonadonlar ro‘yxati xatlovdan o‘tkazilib, tekshirilgandan so‘ng talabalarga taqdim etildi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti tasarrufida jami 880 nafar talabalarni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 2 ta TTJ mavjud. Ayni vaqtda
2 ta TTJlari 2024/2025 o‘quv yiliga talabalarni qabul qilishga tayyorlab qo‘yilgan.
1-talabalar turar joyi binosi institut 1-kampusi ichida Davlatobod tumani, Kosonsoy ko‘chasi 7-uyda joylashgan bo‘lib, shundan 150 ta o‘rinlar imtiyozli joylar sifatida ajratilgan, 1-bosqich talabalari uchun 100 ta (70 ta qizlar),
2-bosqich talabalari uchun 25 ta (15 ta qizlar), yuqori bosqich talabalari uchun
25 ta (15 ta qizlar)ga joylar taqsimoti amalga oshirildi.