Yig‘ilishni Kengash raisi Odiljon Mamatkarimov ochdi va olib bordi. Kengash kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, bir qator muhim mavzular muhokama qilindi. Jumladan, Institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, Talabalar turar joylarining talab va ehtiyojlarga mos tayyorlanishi masalalari alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan kengash ish rejasi tasdiqlandi, bu esa institutning ta’lim va ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi. Bu esa ilmiy tadqiqotlar jarayonining tizimli va aniq yo‘nalishda olib borilishiga katta hissa qo‘shadi. O‘quv grafigi tasdiqlanishi esa yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini samarali va o‘z vaqtida tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Ilmiy Kengash yig‘ilishida ilgari surilgan barcha takliflar bo‘yicha keng qamrovli muhokamalar o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar institutning ta’lim va ilmiy tadqiqotlari sifatini oshirish, hamda xalqaro hamkorlik va innovatsion rivojlanishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati