Viloyat kengashi deputati Uychi tumanidagi bir guruh nuroniylardan xabar oldi

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Uychi tumanidagi Shifokor mahallasida bo‘lib, mahalladagi nuroniylar holidan xabar oldi va ularni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Tashrif davomida mahalla aholisi va nuroniylari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, mamlakatimiz tinchligi, farovonligi va yurtimiz ravnaqi uchun duoga qo‘l ochildi. Shuningdek, mahallaning ijtimoiy va iqtisodiy holati o‘rganilib, aholining dolzarb muammolariga yechim topish masalalari ham muhokama qilindi.

Mahalla ahli viloyat kengashi deputatining bayram arafasida ko‘rsatgan insonparvarlik va mehr-oqibat e’tiboridan mamnun bo‘lib, bunday tashabbuslar yurtimizda ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »