Yig‘ilishda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar va tegishli yo’nalishlar bo’yicha mas’ullar ishtirok etishdi. Unda O’quv-uslubiy, ilmiy-innovasion faoliyat, yoshlar bilan ishlash, xalqaro hamkorlik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Rektor mas’ullarga O‘quv jarayonini takomillashtirish, ilmiy-innovasion loyihalarni rivojlantirish, yoshlar bilan samarali ishlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalarni berdi.
Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish va ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.
©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati